Har kuni 9:00–18:00
Rasmiy litsenziya UT-0017 · Umra tashkilotchisi

Umra Safari 2026–2027Toshkent va barcha viloyatlardan

Doimiy ellikboshi, Kaabaga yaqin mehmonxona, o'zbek taomlari va to'liq g'amxo'rlik bilan mukammal Umra. 13+ kunlik paketlar — hamyonbop narxda.Doimiy ellikboshi, Kaabaga yaqin mehmonxona, o'zbek taomlari. 13+ kunlik paketlar.

  • Rasmiy viza
  • Har kuni reys
  • Ikkita Juma
  • Zamzam 5L hadya
10 000+
Mamnun ziyoratchi
5+
Yillik tajriba
100%
Rasmiy litsenziya UT-0017
4
Ofis: Toshkent, Andijon, Farg'ona, Termiz
Hikmat Umra Travel afzalliklari

Nima uchun ziyoratchilar bizni tanlaydi

Umra — umrda bir marta bo'ladigan safar bo'lishi mumkin. Biz uni har tomonlama mukammal va behato bajarishingizni ta'minlaymiz.

Doimiy ellikboshi

Ellikboshi guruh bilan safar boshidan oxirigacha birga bo'ladi — o'rtada boshqa guruhga o'tib ketmaydi. (Maxsus va undan yuqori paketlarda)

Kaabaga yaqin mehmonxona

Makkada Haramga, Madinada Masjid an-Nabaviyga yaqin, shinam mehmonxonalar.

O'zbek taomlari

Makkada 3 mahal, Madinada 2 mahal — o'zbek oshpazlari tayyorlagan milliy taomlar.

Har kuni reyslar

Toshkent — Jidda va Toshkent — Madina yo'nalishlarida har kuni, to'g'ridan-to'g'ri. O'zbekiston Havo Yo'llari, Centrum Air, Flyadeal, Air Samarkand.

Saudiyada o'z jamoamiz

Makka va Madinada doimiy xodimlarimiz bor — kasallik, hujjat yoki boshqa masalada 24/7 yoningizda. Vositachiga tashlab qo'ymaymiz.

40+ ziyorat joyi

Madina, Makka, Jidda va Toifdagi tarixiy joylar. Boshqa firmalarda yo'q dastur — Afzal paketida.

Rasmiy litsenziya

Litsenziya UT-0017 — hujjatlar, viza va safar to'liq qonuniy.

Maxsus hadyalar

5 litr Zamzam suvi, sayohat sumkasi, nimcha va bejik — har bir ziyoratchiga.

Hikmat Umra Travel taqdim etadi

13+ kunlik Umra paketiga nimalar kiradi

Barcha paketlarimizning asosiy tarkibi. Yuqori paketlarda qo'shimcha imkoniyatlar bor.

  • Borish-kelish aviachipta (Toshkent – Jidda yoki Toshkent – Madina)
  • Rasmiy viza
  • Mehmonxona: Makkada 11 kecha, Madinada 2 kecha
  • Ovqatlanish: Makkada 3 mahal, Madinada 2 mahal o'zbek taomlari
  • Tajribali va doimiy ellikboshi kuzatuvi
  • Qulay ichki transport (aeroport – mehmonxona – ziyoratlar)
  • Makka va Madinadagi muqaddas tarixiy joylarga ziyorat
  • Nimcha, sumka va bejik to'plami
  • 5 litr Zamzam suvi — hadya
  • Madina va Makkada 40 dan ortiq ziyorat joylari (Afzal paketida — Jidda, Toif, Savr va Nur tog'lari)
  • BONUS: Qizil dengiz ekskursiyasi
Umra tur paketlar 2026

O'zingizga mos paketni tanlang

Standart
1100 $ dan boshlab1 kishi uchun
Narxni bilish
Istanbul + Umra
1550 $ dan boshlab1 kishi uchun
Narxni bilish
Lyuks
Elita
1700 $ dan boshlab1 kishi uchun
Narxni bilish

Barcha paketlar narxi va tarkibi — bir jadvalda →

Ramazon Umrasi 2027
Ramazon taxminan 8-fevralda boshlanadi. Guruhlarga yozilish ochiq.
Sanalar va yozilish →

Dekabr–yanvar guruhlari →

Afzal paketi dasturi

40 dan ortiq ziyorat — boshqa firmalarda yo'q

Ko'pchilik faqat Umra amalini bajarib qaytadi. Biz bilan siz Payg'ambarimiz (s.a.v.) va sahobalar hayoti o'tgan joylarni o'z ko'zingiz bilan ko'rasiz — Madinadan Toifgacha.

Madina

  • Masjid an-Nabaviy — haram tanishtiruv
  • Ravzaga tashrif
  • Qur'on bosmaxonasi
  • Qubo masjidi, Masjid al-Qiblatayn
  • Uhud tog'i
  • Xandaq, Rumot tepaligi
  • Xurmo bog'i
  • G'ars qudug'i
  • Izq qudug'i
  • Al Bustan bog'i

Makka

  • 2 marta Umra + 2 marta jamoaviy tavof
  • Mukammal Umra ziyorati va Haram tanishtiruv
  • Jannatul Muallo
  • Jin masjidi, Daraxt masjidi
  • Rasululloh (s.a.v.) tug'ilgan uylari
  • Abu Qubays, Abraj al-Bayt — Soat binosiga chiqish
  • Savr tog'i — sahobalar hayotiga sayohat
  • Nur tog'i, Nur oromgohi
  • Qur'on muzeyi
  • Arafot, Muzdalifa, Mino, Jamorot
  • Miyqot As-Sail Al-Kabir

Jidda — 1 kunlik sayohat

  • Qizil dengiz sayohati
  • Al-Balad eski shahar
  • Al Hamra masjidi — dengiz bo'yida
  • Fahd favvorasi
  • Jidda kornish, Jidda Safina
  • Tuya fermasi
  • Al-Salam restorani

Toif shahri

  • Payg'ambarimiz (s.a.v.) uzum yegan bog'lar
  • Abdulloh ibn Abbos (r.a.) masjidi
  • Rasul masjidi
  • Atir zavodi
  • O'zbek va Uyg'ur milliy taomlari restoranlari
Ochiq solishtiruv

Bizda bor — boshqalarda ko'pincha yo'q

Umra narxini solishtirishdan oldin nima kirishini solishtiring. Quyidagi xizmatlar bizning paketlarimizda bor va arzon takliflarda odatda uchramaydi.

XizmatOdatiy arzon paketdaHikmat Umra Travel
Ravzaga tashrifUmuman yo'q yoki kafolatsizDasturga kiradi — ruxsatnomaga qarab
Jamoaviy tavofYo'q — o'zingiz2 marta, ellikboshi bilan
2-marta Umra qilishYo'qBor (Afzal paketi)
Jidda shahriga sayohatYo'q1 kunlik to'liq dastur
Toif shahriga ziyoratYo'qBor (Afzal paketi)
O'zbek taomlari restoranlariUmumiy oshxonaSayram va Atlas restoranlari
Qur'on muzeyi, Nur oromgohiDasturga kirmaydiKiradi
Madinadagi tarixiy quduqlarYo'qG'ars, Izq, Al Bustan bog'i
Qizil dengiz sayohatiQo'shimcha to'lovgaPaket ichida
Saudiyada doimiy xodimMahalliy vositachiO'z jamoamiz — 24/7

Har bir paketda qaysi xizmat borligini "Paketlar" bo'limidagi Batafsil tugmasidan ko'rasiz — unikal xizmatlar oltin belgi bilan ajratilgan.

Bepul maslahat

Bugungi narxni 5 daqiqada bilib oling

Ism va telefoningizni qoldiring — operatorimiz sizga qo'ng'iroq qilib, tanlangan paket bo'yicha aniq narx, sana va to'lov shartlarini aytadi. Hech qanday majburiyat yo'q.

  • Aniq narx va sanalar
  • Hujjatlar ro'yxati

Narxni bilish

Ma'lumotlaringiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi (maxfiylik siyosati).

Yoki to'g'ridan-to'g'ri: +998 55 588 77 76
Rahmat! Operatorimiz tez orada siz bilan bog'lanadi.
Reyslar

Toshkentdan har kuni — Jidda va Madinaga

Haftaning bir kuniga bog'lanmaysiz. Ishingiz, oilangiz va imkoniyatingizga qarab o'zingizga qulay sanani tanlaysiz — biz shu sanaga guruh va joy ajratamiz.

Toshkent → Jidda

TAS JED · har kuni

Toshkent → Madina

TAS MED · har kuni

Hamkor aviakompaniyalar — to'g'ridan-to'g'ri reyslar:
  • O'zbekiston Havo Yo'llari
  • Centrum Air
  • Flyadeal
  • Air Samarkand
Safarda siz bilan birga bo'ladiganlar

Tajribali ellikboshilarimiz

Ellikboshi — safar davomida sizning ustozingiz, tarjimoningiz va yo'lboshchingiz. Har biri 150–200+ marta Umra qilgan, arab tilini biladi va guruh bilan oxirigacha birga qoladi.

Jasurbek

Tajribali ellikboshi
200+ Umra · arab tilini biladi

Asqarbek

Tajribali ellikboshi
200+ Umra · arab tilini biladi

Umidjon

Tajribali ellikboshi
200+ Umra · arab tilini biladi

Anvarxon

Tajribali ellikboshi
150+ Umra · arab tilini biladi

Ziyoratchilar fikri

Hikmat Umra Travel bilan Umra qilganlar nima deydi

★★★★★

Hurmatli Hikmat Umra Travel jamoasi, oilam nomidan va o'z nomimdan cheksiz minnatdorchilik bildiramiz. Bu firmani tanlab adashmaganimizdan xursandmiz — barcha sharoitlar a'lo darajada. Masofadan kuzatib tursak-da, barchasi ajoyib edi.

Ota-onasini jo'natgan farzandToshkent · Afzal paketi
★★★★★

Afzal jamoasi a'zosi sifatida aytaman: avvalgi ikki Umra safarimdan bu safar a'lo darajada o'tdi. Ellikboshilarimizga chuqur minnatdorchilik. Bilmagan narsalarimizni bildik, ko'rmagan narsalarimizni ko'rdik.

Afzal guruhi ziyoratchisi3-marta Umra · Afzal paketi
★★★★★

Ilmlaringiz bundan-da ziyoda bo'lsin. Sizlardan ko'p bilmagan ma'lumotlarimizni bilib oldik. Ishlaringizga rivoj, oilangizga tinchlik tilaymiz. Allohim martabangizni ulug' qilsin.

ZiyoratchiUmra 2026
★★★★★

Rahmat kattakon! Hoji tog'am eson-omon yetib keldilar. Alloh rozi bo'lsin sizlardan, beminnat xizmatingizga rozi bo'ling.

JiyaniTog'asini jo'natgan
★★★★★

Guruh tashkilotchilariga va ellikboshilarga katta rahmat. Safar davomida go'zal joylarni ko'rsatib, hayotimizda kerak bo'ladigan ma'lumotlarni berganingiz uchun minnatdormiz. Alloh rozi bo'lsin.

Zomin ziyoratchilariJizzax viloyati
★★★★★

Qilgan xizmatingizga ming rahmat — ota-onam xizmatingizdan juda xursand. Men ham, ota-onam ham firmangizdan mamnunmiz. Alloh sizlardan rozi bo'lsin.

FarzandOta-onasi uchun Umra sovg'asi
Audio taqriz

Ziyoratchilarimizning ovozli fikrlari

Ziyoratchi fikri #1
Ziyoratchi fikri #2
Ziyoratchi fikri #3
Ziyoratchi fikri #4
Ziyoratchi fikri #5
Ziyoratchi fikri #6
Video lavhalar

Safarlarimizdan lavhalar

Ziyoratchilarimiz, ellikboshilar va Haramdan jonli lavhalar. Ko'proq video — Instagram sahifamizda.

Rasmlar

Umra safarlarimizdan suratlar

Foydali ma'lumot

Ideal Umra paketini tanlash: 9 muhim mezon

Umra safari narxini solishtirishdan oldin quyidagi 9 mezonni tekshiring — arzon narx ortida nimalar yashiringanini bilib olasiz.

Rasmiy litsenziya

Faqat litsenziyaga ega tashkilot rasmiy viza ochadi. Hikmat Umra Travel — UT-0017 rasmiy litsenziyasiga ega.

Tajribali va doimiy ellikboshi

Ellikboshi Umra amallarini o'rgatadi, duolarni o'qitadi. U guruh bilan oxirigacha qolishi shart.

To'g'ridan-to'g'ri reys

Tranzit reyslar 6–10 soat qo'shimcha yo'l va charchoq. Biz Toshkentdan Jidda va Madinaga to'g'ridan-to'g'ri uchamiz — har kuni, 4 ta aviakompaniya bilan.

Mehmonxona joylashuvi

Haramdan 5 daqiqa piyoda yoki 30 daqiqa avtobus — bu farq ibodatingiz sifatini belgilaydi.

To'liq ovqatlanish

Makkada 3 mahal, Madinada 2 mahal o'zbek taomlari. Arzon paketlarda ovqat, go'sht — "o'zingiz" bo'lasiz.

Viza va hujjatlar

Viza, sug'urta, biometrik ro'yxatga olish — hammasini tashkilot qiladi, siz faqat pasport berasiz.

Ziyoratlar va dastur

Uhud, Qubo, Jabal Nur, Arofat, Muzdalifa, Mino — tarixiy joylar ziyorati paketga kiradimi, tekshiring.

Yashirin to'lovlar va narx kafolati

So'ralgan narxdan tashqari yana nima to'lanadi? Ziyoratlar, transfer, Zamzam va ichki yo'l paket ichidami yoki alohida pulgami — oldindan so'rang. Bizda barcha xizmatlar paket ichida, kelishilgan narx yozma shartnomada qat'iy belgilanadi va o'zgarmaydi.

Shartnoma asosida rasmiy to'lovlar

To'lovni qo'lma-qo'l emas, yozma shartnoma asosida rasmiy qabul qiladigan tashkilotni tanlang: shartnomada paket tarkibi, sana, mehmonxona va narx qayd etiladi, to'lov hujjati beriladi. Bizda to'lov rasmiy — naqd yoki plastik karta orqali.

Poytaxt va viloyatlardan

Barcha viloyatlardan Umra ziyorati 2026

Toshkent bosh ofis + Andijon, Farg'ona va Termizda litsenziyada qayd etilgan rasmiy filiallar. Qayerda bo'lsangiz ham hujjatlaringizni yaqin filialda topshirasiz.

Umra Andijon — rasmiy filial

Andijon sh., Oltinko'l ko'chasi 1-uy. Hujjatlarni shu yerda topshirasiz — Toshkentga kelish shart emas. O'sh va Jalolobod ziyoratchilari ham.

Umra Farg'ona — rasmiy filial

Farg'ona sh., Sayilgoh ko'chasi 16/27. Farg'ona, Qo'qon, Marg'ilon va Namangan ziyoratchilari uchun.

Umra Termiz — rasmiy filial

Termiz sh., Sulton Saodat 163. Surxondaryo, Denov va Qashqadaryo uchun.

Umra Samarqand va Buxoro

Afrosiyob bilan Toshkentga 2–4 soat. Guruh 10+ bo'lsa xodimimiz joyiga chiqadi. Samarqand aeroportidan reys imkoniyati.

Umra Xorazm va Nukus

Urganch va Nukusda guruh yig'iladi, ichki reysni biz tashkil qilamiz. Ayrim sanalarda to'g'ridan-to'g'ri reys.

Jizzax, Sirdaryo, Navoiy

Toshkentga 1,5–3 soat. Hujjat Telegram orqali, shartnoma bosh ofisda. Toshkent — bosh ofis.

Tojikiston va Qirg'iziston

Xo'jand, Dushanbe, O'sh, Bishkek ziyoratchilari uchun O'zbekiston litsenziyasi asosida viza. O'sh — Andijon filiali orqali.

Savol-javob

Umra haqida ko'p beriladigan savollar

Umra safari 2026 narxi qancha?

1 kishi uchun 1100 $ dan boshlanadi (Standart paket, viza bilan). Maxsus — 1200 $ dan, Baraka — 1300 $ dan, Afzal — 1400 $ dan, Istanbul + Umra — 1550 $ dan, Elita — 1700 $ dan. Narxga aviachipta, rasmiy viza, mehmonxona, o'zbek taomlari, transport va ellikboshi xizmati kiradi. Aniq narx sana va xonadagi odam soniga bog'liq — operator 5 daqiqada aytadi.

Umra paketiga nimalar kiradi?

Borish-kelish aviachipta, rasmiy viza, Makkada 11 kecha va Madinada 2 kecha mehmonxona, Makkada 3 mahal va Madinada 2 mahal o'zbek taomlari, ellikboshi xizmati, nimcha-sumka-bejik to'plami, 5 litr Zamzam suvi va Qizil dengiz bonusi.

Hikmat Umra Travel litsenziyaga egami?

Ha. Hikmat Umra Travel rasmiy litsenziyaga ega — UT-0017. Litsenziya ma'lumotlari quyida ko'rsatilgan.

Viloyatlardan ham ketish mumkinmi?

Ha. Barcha viloyatlardan, shuningdek Tojikiston va Qirg'izistondan ziyoratchilarni qabul qilamiz.

Umra ziyorati necha kun davom etadi?

Standart paketlar 13+ kun: Makkada 11 kecha, Madinada 2 kecha. Istanbul + Umra — 14 kecha: 4 kecha Istanbul + 3 kecha Madina + 7 kecha Makka.

Umra ziyoratiga nimalar olish kerak?

Pasport (6 oydan ortiq muddat), ehrom kiyimi (erkaklar), qulay oyoq kiyim, dori-darmon. Nimcha, sumka va bejik biz tomondan beriladi.

Qaysi aviakompaniya bilan uchamiz?

O'zbekiston Havo Yo'llari, Centrum Air, Flyadeal va Air Samarkand — barchasi Toshkentdan Jidda yoki Madinaga to'g'ridan-to'g'ri. Sanaga qarab eng qulay reys tanlanadi.

Ramazon Umrasi 2027 qachon?

Ramazon 2027-yilda taxminan 8-fevralda boshlanib, 8–9-martda tugaydi (aniq sana oy ko'rinishiga qarab 1 kunga farq qilishi mumkin). Ramazon guruhlariga yozilish ochiq. Haramga yaqin mehmonxona va qulay sana tanlash uchun kamida 2–3 oy oldin band qilish tavsiya etiladi.

Ota-onamni yolg'iz jo'natsam bo'ladimi?

Ha. Keksa ziyoratchilarga ellikboshi va Saudiyadagi ishchi guruhimiz alohida e'tibor beradi — aeroportdan kutib olishdan tortib, mehmonxona va ibodatgacha birga bo'ladi.

Ishonch kafolati

Rasmiy litsenziya UT-0017

Hikmat Umra Travel — O'zbekiston Respublikasida "Umra" tadbirlarini tashkil etish uchun rasmiy litsenziyaga ega kompaniya. Barcha vizalar va hujjatlar shu litsenziya asosida rasmiylashtiriladi.

Bergan organ:
O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitasi
Litsenziya raqami:
UT № 0017
Litsenziya egasi:
"HIKMAT UMRA TRAVEL" MChJ
Xizmat turi:
"Umra" tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish bilan bog'liq xizmatlarni ko'rsatish
STIR:
310099464
Berilgan sana:
09.09.2025
Vakolatli shaxs:
S.D. Toshboyev
Yuridik manzil:
Toshkent sh., Mirobod tumani, Amir Temur ko'chasi 43-uy, 41-xonadon
Filiallar:
Andijon, Farg'ona, Termiz
Hikmat Umra Travel MChJ litsenziyasi UT 0017 — Din ishlari bo'yicha qo'mitasi
Biz bilan bog'laning

Biz bilan bog'lanish

Qo'ng'iroq qiling yoki Telegram orqali yozing — operator paketlar, sanalar va narx bo'yicha to'liq ma'lumot beradi. Har kuni 9:00–18:00. Ofisga tashrif oldindan kelishiladi.

Nega bizni tanlashadi

  • UT-0017Din ishlari qo'mitasi bergan rasmiy litsenziya
  • 10 000+Biz bilan Umra qilgan ziyoratchi
  • 2021Yildan beri ishlaymiz
  • 4 taOfis: Toshkent, Andijon, Farg'ona, Termiz
Litsenziyani ko'rish
Qo'ng'iroq Telegram Narx