Doimiy ellikboshi, Kaabaga yaqin mehmonxona, o'zbek taomlari va to'liq g'amxo'rlik bilan mukammal Umra. 13+ kunlik paketlar — hamyonbop narxda.
Umra — umrda bir marta bo'ladigan safar bo'lishi mumkin. Biz uni har tomonlama mukammal qilamiz.
Ellikboshi guruh bilan safar boshidan oxirigacha birga bo'ladi — o'rtada boshqa guruhga o'tib ketmaydi.
Makkada Haramga, Madinada Masjid an-Nabaviyga yaqin, shinam mehmonxonalar.
Makkada 3 mahal, Madinada 2 mahal — o'zbek oshpazlari tayyorlagan milliy taomlar.
Toshkent — Jidda va Toshkent — Madina yo'nalishlarida har kuni, to'g'ridan-to'g'ri. O'zbekiston Havo Yo'llari, Centrum Air, Flyadeal, Air Samarkand.
Bir Juma Madinada, bir Juma Makkada — ikki muqaddas masjidda Juma namozi.
Madina, Makka, Jidda va Toifdagi tarixiy joylar. Boshqa firmalarda yo'q dastur — Afzal paketida.
Litsenziya UT-0017 — hujjatlar, viza va safar to'liq qonuniy.
5 litr Zamzam suvi, sayohat sumkasi, nimcha va bejik — har bir ziyoratchiga.
Barcha paketlarimizning asosiy tarkibi. Yuqori paketlarda qo'shimcha imkoniyatlar bor.
Narxlar aviachipta va mehmonxona bozoriga qarab o'zgarib turadi — bugungi aniq narxni forma orqali yoki qo'ng'iroq bilan bilib oling.
Eng hamyonbop paket — asosiy tarkib to'liq, byudjeti cheklangan ziyoratchilar uchun.
Hamyonbop, lekin xizmati sezilarli yaxshiroq — Makkada Haramgacha piyoda boriladi.
Arzon narxda yuqori qiymat — 30 ga yaqin ziyorat, Ravzaga 2 marta, Soat binosiga chiqish. Eng ko'p sotiladigan paketimiz.
O'rtacha narx, yuqori qiymat — Haramga 800–900 m, Diwan Al Hijra, 30 ga yaqin ziyorat va Soat minorasiga chiqish.
Eng zo'r paket — Haramga eng yaqin mehmonxonalar, 40 dan ortiq ziyorat (Jidda, Toif), 2 marta Umra. Boshqa firmalarda yo'q xizmatlar.
Lyuks xizmat — Address Jabal Omar 5★, Valy Madina 4★, Madina–Makka tezyurar poyezd. Narx 1 kishi uchun, xonadagi odam soniga qarab.
Bir safarda sayohat ham, ibodat ham — 4 kecha Istanbul, keyin 10 kecha Umra. 14 kecha.
Kaspiy bo'yidagi Baku sayohati va Umra — bir safarda. 4 kun Baku + 10 kecha Umra, 14 kecha.
💳 Barcha paketlarni Uzum Nasiya orqali bo'lib to'lash mumkin
Ko'pchilik faqat Umra amalini bajarib qaytadi. Biz bilan siz Payg'ambarimiz (s.a.v.) va sahobalar hayoti o'tgan joylarni o'z ko'zingiz bilan ko'rasiz — Madinadan Toifgacha.
Ism va telefoningizni qoldiring — operatorimiz sizga qo'ng'iroq qilib, tanlangan paket bo'yicha aniq narx, sana va to'lov shartlarini aytadi. Hech qanday majburiyat yo'q.
Haftaning bir kuniga bog'lanmaysiz. Ishingiz, oilangiz va imkoniyatingizga qarab o'zingizga qulay sanani tanlaysiz — biz shu sanaga guruh va joy ajratamiz.
TAS ✈ JED · har kuni
TAS ✈ MED · har kuni
Ellikboshi — safar davomida sizning ustozingiz, tarjimoningiz va yo'lboshchingiz. Har biri 150–200+ marta Umra qilgan, arab tilini biladi va guruh bilan oxirigacha birga qoladi.
Tajribali ellikboshi
200+ Umra · arab tilini biladi
Tajribali ellikboshi
200+ Umra · arab tilini biladi
Tajribali ellikboshi
200+ Umra · arab tilini biladi
Tajribali ellikboshi
150+ Umra · arab tilini biladi
Hurmatli Hikmat Travel jamoasi, oilam nomidan va o'z nomimdan cheksiz minnatdorchilik bildiramiz. Bu firmani tanlab adashmaganimizdan xursandmiz — barcha sharoitlar a'lo darajada. Masofadan kuzatib tursak-da, barchasi ajoyib edi.
Hurmatli Hikmat Travel jamoasi, sizlarga oilam nomidan va o'z nomimdan cheksiz minnatdorchilik bildiramiz. Mehnatlaringizga rozi bo'linglar, Alloh sizlardan rozi bo'lsin. Biz bu firmani tanlab adashmaganimizdan xursandmiz — barcha sharoitlar a'lo darajada. Masofadan kuzatib tursak-da, barchasi ajoyib edi: ota-onam har kuni bog'lanib turishdi, ellikboshi doim yonlarida bo'ldi. Allohim sizlarni yaxshiliklar va eng chiroyli mukofotlar bilan siylasin.
Afzal jamoasi a'zosi sifatida aytaman: avvalgi ikki Umra safarimdan bu safar a'lo darajada o'tdi. Ellikboshilarimizga chuqur minnatdorchilik. Bilmagan narsalarimizni bildik, ko'rmagan narsalarimizni ko'rdik.
Assalomu alaykum, xayrli kun barchangizga. Afzal jamoasi a'zosi sifatida shuni ta'kidlab aytamanki, avval borgan ikki Umra safarimdan bu safargisi a'lo darajada o'tdi. Ellikboshilarimizga chuqur minnatdorchilik bildiraman — ilmingizni Alloh ziyoda qilsin. Bilmagan narsalarimizni bildik, ko'rmagan narsalarimizni ko'rdik: Savr tog'i, Toif, Jidda — hammasi tartibli va ma'noli bo'ldi. Umringizga va rizqingizga Alloh barokat ato etsin.
Ilmlaringiz bundan-da ziyoda bo'lsin. Sizlardan ko'p bilmagan ma'lumotlarimizni bilib oldik. Ishlaringizga rivoj, oilangizga tinchlik tilaymiz. Allohim martabangizni ulug' qilsin.
Ilmlaringiz bundan-da ziyoda bo'lsin. Sizlardan ko'p bilmagan ma'lumotlarimizni bilib oldik — har bir ziyorat joyida ellikboshi tarixini, hikmatini tushuntirib berdi. Ishlaringizga rivoj, sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz. Allohim martabangizni ulug' qilsin. Hikmat Travel jamoasiga alohida rahmat.
Rahmat kattakon! Hoji tog'am eson-omon yetib keldilar. Alloh rozi bo'lsin sizlardan, beminnat xizmatingizga rozi bo'ling.
Rahmat kattakon sizlarga! Hoji tog'am eson-omon yetib keldilar, safardan juda mamnun. Aeroportdan kutib olishdan tortib, mehmonxona, ovqat, ziyoratlargacha — hamma narsa o'z vaqtida va tartibli bo'lgan. Alloh rozi bo'lsin sizlardan, beminnat xizmatingizga rozi bo'ling. Yana Umra qilsak — faqat sizlar bilan.
Guruh tashkilotchilariga va ellikboshilarga katta rahmat. Safar davomida go'zal joylarni ko'rsatib, hayotimizda kerak bo'ladigan ma'lumotlarni berganingiz uchun minnatdormiz. Alloh rozi bo'lsin.
Guruh tashkilotchilariga va ellikboshilarga katta rahmat, Alloh omadlarini bersin, rozi bo'lsin. Sizlarga kattakon rahmat — safarimiz davomida go'zal joylarni ko'rsatib, hayotimiz davomida kerak bo'ladigan ma'lumotlarni berganingiz uchun. Zominliklar nomidan alohida minnatdormiz — guruhimiz katta edi, hamma birdek e'tibor oldi. Alloh rozi bo'lsin.
Qilgan xizmatingizga ming rahmat — ota-onam xizmatingizdan juda xursand. Men ham, ota-onam ham firmangizdan mamnunmiz. Alloh sizlardan rozi bo'lsin.
Assalomu alaykum. Sizlarga katta rahmat, Alloh rozi bo'lsin, qilgan mehnatlaringizga rozi bo'ling. Ota-onam xizmatingizdan juda xursand — telefon qilganda ovozlaridagi quvonch sezilib turardi. Men ham, ota-onam ham firmangizdan mamnunmiz. Ota-onaga Umra sovg'a qilmoqchi bo'lganlarga Hikmat Travelni tavsiya qilaman. Hammalaringizga ming rahmat.
Ziyoratchilarimiz, ellikboshilar va Haramdan jonli lavhalar. Ko'proq video — Instagram sahifamizda.
Umra safari narxini solishtirishdan oldin quyidagi 7 mezonni tekshiring — arzon narx ortida nimalar yashiringanini bilib olasiz.
Faqat litsenziyaga ega tashkilot rasmiy viza ochadi. Hikmat Travel — UT-0017 rasmiy litsenziyasiga ega.
Ellikboshi Umra amallarini o'rgatadi, duolarni o'qitadi. U guruh bilan oxirigacha qolishi shart.
Tranzit reyslar 6–10 soat qo'shimcha yo'l va charchoq. Biz Toshkentdan Jidda va Madinaga to'g'ridan-to'g'ri uchamiz — har kuni, 4 ta aviakompaniya bilan.
Haramdan 5 daqiqa piyoda yoki 30 daqiqa avtobus — bu farq ibodatingiz sifatini belgilaydi.
Makkada 3 mahal, Madinada 2 mahal o'zbek taomlari. Arzon paketlarda ovqat, go'sht — "o'zingiz" bo'lasiz.
Viza, sug'urta, biometrik ro'yxatga olish — hammasini tashkilot qiladi, siz faqat pasport berasiz.
Uhud, Qubo, Jabal Nur, Arofat, Muzdalifa, Mino — tarixiy joylar ziyorati paketga kiradimi, tekshiring.
Toshkent bosh ofis + Andijon, Farg'ona va Termizda litsenziyada qayd etilgan rasmiy filiallar. Qayerda bo'lsangiz ham hujjatlaringizni yaqin filialda topshirasiz.
📍 Andijon sh., Oltinko'l ko'chasi 1-uy. Hujjatlarni shu yerda topshirasiz — Toshkentga kelish shart emas. O'sh va Jalolobod ziyoratchilari ham.
📍 Farg'ona sh., Sayilgoh ko'chasi 16/27. Farg'ona, Qo'qon, Marg'ilon va Namangan ziyoratchilari uchun.
📍 Termiz sh., Sulton Saodat 163. Surxondaryo, Denov va Qashqadaryo uchun.
Afrosiyob bilan Toshkentga 2–4 soat. Guruh 10+ bo'lsa xodimimiz joyiga chiqadi. Samarqand aeroportidan reys imkoniyati.
Urganch va Nukusda guruh yig'iladi, ichki reysni biz tashkil qilamiz. Ayrim sanalarda to'g'ridan-to'g'ri reys.
Toshkentga 1,5–3 soat. Hujjat Telegram orqali, shartnoma bosh ofisda. Toshkent — bosh ofis.
Xo'jand, Dushanbe, O'sh, Bishkek ziyoratchilari uchun O'zbekiston litsenziyasi asosida viza. O'sh — Andijon filiali orqali.
Narx paket turi, mehmonxona darajasi va sanaga qarab o'zgaradi. Aniq narxni bilish uchun formani to'ldiring yoki qo'ng'iroq qiling — operator 5 daqiqada javob beradi.
Borish-kelish aviachipta, rasmiy viza, Makkada 11 kecha va Madinada 2 kecha mehmonxona, Makkada 3 mahal va Madinada 2 mahal o'zbek taomlari, ellikboshi xizmati, nimcha-sumka-bejik to'plami, 5 litr Zamzam suvi va Qizil dengiz bonusi.
Ha. Hikmat Travel rasmiy litsenziyaga ega — UT-0017. Litsenziya ma'lumotlari quyida ko'rsatilgan.
Ha. Barcha viloyatlardan, shuningdek Tojikiston va Qirg'izistondan ziyoratchilarni qabul qilamiz.
Standart paketlar 13+ kun: Makkada 11 kecha, Madinada 2 kecha. Istanbul+Umra va Baku+Umra — 14 kecha: 4 kecha Istanbul yoki Bakuda + 3 kecha Madina + 7 kecha Makka.
Pasport (6 oydan ortiq muddat), ehrom kiyimi (erkaklar), abaya (ayollar), qulay oyoq kiyim, dori-darmon. Nimcha, sumka va bejik biz tomondan beriladi.
O'zbekiston Havo Yo'llari, Centrum Air, Flyadeal va Air Samarkand — barchasi Toshkentdan Jidda yoki Madinaga to'g'ridan-to'g'ri. Sanaga qarab eng qulay reys tanlanadi.
Ha. Uzum Nasiya orqali bo'lib to'lash xizmati bor — hozir jo'naysiz, to'lovni oylarga bo'lib to'laysiz. Shartlarni operatorimiz 5 daqiqada hisoblab beradi.
Ha. Keksa ziyoratchilarga ellikboshi va Saudiyadagi ishchi guruhimiz alohida e'tibor beradi — aeroportdan kutib olishdan tortib, mehmonxona va ibodatgacha birga bo'ladi.
Hikmat Travel — O'zbekiston Respublikasida "Umra" tadbirlarini tashkil etish uchun rasmiy litsenziyaga ega kompaniya. Barcha vizalar va hujjatlar shu litsenziya asosida rasmiylashtiriladi.