Umra ziyoratiga nimalar olish kerak: to'liq ro'yxat

Hikmat Umra Travel · 25-sentabr 2026 · o'qish ~3 daqiqa

Umra safariga birinchi marta ketayotganlar eng ko'p shu savolni beradi. Quyida — 10 yillik tajriba asosida tuzilgan ro'yxat: nima shart, nima foydali, nima ortiqcha.

Hujjatlar — eng muhimi

Pasportning asl nusxasi safar davomida ellikboshida turadi — bu normal amaliyot, yo'qolib qolmasligi uchun.

Ehrom va kiyim — erkaklar uchun

Kiyim — ayollar uchun

Ayollar uchun ehrom alohida kiyim emas — oddiy, shariatga mos kiyimning o'zi ehrom hisoblanadi. Yuz va kaft ochiq qoladi.

Dori-darmon — eng ko'p unutiladigan narsa

Makka va Madinada dorixona bor, lekin sizga tanish dorini topish qiyin va qimmat. Shuning uchun quyidagilarni uydan oling:

Foydali mayda narsalar

Nimani olmaslik kerak

Chemodan haqida amaliy maslahat

Aviakompaniya odatda 20–30 kg yuk va 7 kg qo'l yukiga ruxsat beradi — aniq miqdorni operatoringizdan so'rang. Qaytishda Zamzam suvi, xurmo va sovg'alar uchun kamida 5–7 kg bo'sh joy qoldiring. Ichki kiyim, dori va bir komplekt ehromni qo'l yukiga soling — chemodan kechiksa qiyналmaysiz.

Umra safarini rejalashtiryapsizmi?

Litsenziyalangan tashkilot (UT-0017), har kuni reyslar, 9 ta paket. Bugungi aniq narxni 5 daqiqada bilib oling.

Savol-javob

Ehromni qayerdan olsam bo'ladi?

Toshkentdagi diniy buyumlar do'konlarida yoki bozorlarda bor. Makkada ham sotiladi, lekin uydan olib ketgan qulayroq — samolyotda yoki miqotda kiyiladi.

Telefon va internet qanday bo'ladi?

Saudiyada mahalliy SIM-karta (STC, Mobily) aeroportda sotiladi, arzon. Mehmonxonalarda Wi-Fi bor. Xalqaro rouming qimmat.

Naqd pul qancha olish kerak?

Paketga hamma narsa kirgan bo'lsa, shaxsiy xarajat uchun 150–300 dollar yetadi (sovg'a, taksi, qo'shimcha ovqat). Karta ham ishlaydi.

Qo'ng'iroq TelegramNarx