Umra duolari: talbiya, tavof va sa'y
Umrada aytiladigan duolarning ko'pi qat'iy belgilanmagan — o'z tilingizda so'rasangiz ham bo'ladi. Lekin ba'zi duolar sunnatdan kelgan, quyida shular.
Talbiya — ehromdan keyin
Labbayka Allohumma labbayk, labbayka laa shariyka laka labbayk, innal hamda van-ni'mata laka val-mulk, laa shariyka lak.
Ma'nosi: «Mana men keldim, ey Alloh, mana men keldim. Sening sherigingg yo'q, mana men keldim. Albatta, hamd ham, ne'mat ham, mulk ham Senikidir. Sening sherigingg yo'q.»
Talbiya ehrom bog'langandan boshlab tavof boshlanguncha ko'p takrorlanadi. Erkaklar baland, ayollar past ovozda aytadi.
Kaabani birinchi ko'rganda
Bu paytda qilingan duo qabul bo'lishi haqida rivoyatlar bor. Aniq matn shart emas — eng muhim tilaklaringizni so'rang: o'zingiz, ota-onangiz, farzandlaringiz va butun musulmonlar uchun.
Tavofni boshlashda
Bismillahi, Allohu akbar.
Hajar al-Asvad burchagiga yetganda shunday deyiladi va qo'l bilan ishora qilinadi. Har aylanishda takrorlanadi.
Rukn Yamaniy va Hajar al-Asvad orasida
Robbanaa aatinaa fid-dunyaa hasanatan va fil-aaxiroti hasanatan va qinaa azaaban-naar.
Ma'nosi: «Ey Robbimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ber, oxiratda ham yaxshilik ber va bizni do'zax azobidan saqla.»
Maqomi Ibrohim oldida
Tavofdan keyin imkon bo'lsa Maqomi Ibrohim ortida ikki rakat namoz o'qiladi. Birinchi rakatda «Kaafirun», ikkinchisida «Ixlos» surasi o'qilishi sunnat.
Zamzam suvini ichganda
Zamzam — niyat bilan ichiladi. Payg'ambarimiz (s.a.v.) «Zamzam suvi nima niyat bilan ichilsa, o'shanga bo'ladi» ma'nosida marhamat qilganlar. Qiblaga yuzlanib, uch nafasda, to'yib ichiladi va duo qilinadi.
Safo va Marvaga chiqishda
Innas-Safaa val-Marvata min sha'aa'irillah.
Ma'nosi: «Albatta, Safo va Marva Allohning belgilaridandir.» Safoga birinchi marta chiqishda o'qiladi, so'ng Kaaba tomonga qarab qo'l ko'tarib duo qilinadi.
Madinada — Ravzada
Payg'ambarimizga (s.a.v.) salom beriladi, so'ngra Abu Bakr va Umar (r.a.)ga salom aytiladi. Ravzada ikki rakat namoz o'qib, duo qilish mustahab. Olomon ko'p bo'ladi — ellikboshi ko'rsatmasiga amal qiling, hech kimga ozor bermang.
Eng muhimi — o'z tilingizda so'rash
Duoning arab tilida bo'lishi shart emas. Ko'p olimlar aytadiki, insonning o'z tilida, qalbidan chiqqan duosi eng samimiy duodir. Ro'yxat tuzib oling: kimlar uchun duo qilmoqchisiz — safarda unutib qolmaysiz.
Umra safarini rejalashtiryapsizmi?
Litsenziyalangan tashkilot (UT-0017), har kuni reyslar, 9 ta paket. Bugungi aniq narxni 5 daqiqada bilib oling.
Savol-javob
Duolarni yod olishim shartmi?
Yo'q. Kitobcha beriladi va ellikboshi o'qib turadi. Vaqti bilan o'zingiz ham eslab qolasiz.
Tavofda har aylanishga alohida duo bormi?
Qat'iy belgilangan alohida duo yo'q. Xohlagan duo, zikr yoki Qur'on o'qish mumkin.
Boshqalar uchun duo qilsa bo'ladimi?
Ha, albatta. Ota-ona, farzandlar, qarindoshlar va vafot etganlar uchun duo qilish — safarning eng qadrli tomonlaridan.
